<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Isoda topdim</title>
<lyrics>[V1]
 Koʻnglimga halovat huzur izladim
 Goho yoqmaganni yolgʻon &quot;Siz&quot;ladim
 Tinchlik topmay baʼzan egildi qaddim
 Tinchlikni birodar, Isoda topdim.

[V2]
 Dard cheksam dardimga davo yoʻq edi,
 Koʻnglimni ovitar navo yoʻq edi.
 Sadoqat yoʻq edi, vafo yoʻq edi
 Vafoni shu safar Isoda topdim.

[V3]
 Sevguvchi koʻp edi hammasi yolgʻon,
 Mehri yolgʻon, ishqi, tavbasi yolgʻon
 Chin doʻst istar boʻlsang agarda inson
 Chin doʻstni kim izlar, Isoda topdim.

[V4]
 Inoyatga muhtojmiz hammamiz asli
 Gunohga qul boʻldik bu Odam nasli
 Najotga muhtojmiz, yashamoq fasli
 Najotni faqat bir Isoda topdim.

[V5]
 Xudoyim sevgisi, shavqatidir bu
 Xudoning yoʻli bu, haqiqati bu
 Mislsiz Sevgisi va toqati bu
 Toqatni kim istar Isoda topdim.</lyrics>
<author>Ravshan Xizirov, Ulugʻbek Abduhalimov</author>
</song>